“Kitobxon harbiy oilalar” mavzusida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi / / Vatanparvarlik oyligi doirasidagi tadbirlar / / Toshkentda qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi / / “Jasorat” filmi premyerasi bo'lib o'tdi / / Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 34 yilligi va 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati Milliy gvardiyada bayramona tadbir o‘tkazildi / / Milliy gvardiya qo'mondonining O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi / / Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan gvardiyachilar xizmat burchini bajarish chogʻida qahramonlarcha halok boʻlgan safdoshlari xotirasiga bagʻishlab Milliy gvardiya Markaziy devoni hududida bunyod etilgan yodgorlik majmuasi poyiga gul qoʻyishib, ularning xotirasiga hurmat bajo keltirishdi / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazdi / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Yunusobod tumanida barpo etilgan yirik quvvatli kogeneratsiya markazi faoliyati bilan tanishdi (https://president.uz/oz/lists/view/8785) / / Moliya, ilg‘or texnologiyalar, madaniyat va turizmning yirik markaziga aylanib borayotgan Toshkent (https://t.me/milliygvardiyauz_official/18196)dunyoning zamonaviy megapolislari andozasi asosida yanada rivojlantiriladi / / Ma'naviy-ma'rifiy seminar-trening o‘tkazildi (https://t.me/milliygvardiyauz_official/18185) / / Qoraqalpogʻiston Respublikasida gvardiyachilar tomonidan (https://telegra.ph/Qoraqalpog%CA%BBiston-Respublikasida-gvardiyachilari-tomonidan-qizil-kitobga-kiritilgan-o%CA%BBsimlikni-noqonuniy-ravishda-olib-ketayotgan-12-16), Qizil kitobga kiritilgan oʻsimlikni noqonuniy ravishda olib ketayotgan shaxs qo'lga olindi / / Toshkent shahrida gvardiyachilar tomonidan sertifikatlanmagan pirotexnika vositalari (https://telegra.ph/Toshkent-shahrida-gvardiyachilar-tomonidan-sertifikatlanmagan-pirotexnika-buyumlari-olib-qoyildi-12-15) olib qo‘yildi / / Farg‘ona viloyatida pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasiga (https://telegra.ph/Fargona-viloyatida-pirotexnika-buyumlarining-noqonuniy-muomalasiga-chek-qoyildi-12-15)chek qo‘yildi / / Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida Milliy gvardiya tizimidagi harbiy xizmatchi va xodimlarning farzandlari o‘rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha “Mustaqillik kubogi” musobaqasi o‘tkazildi

Ikki kun davomida bo‘lib o‘tgan musobaqalarda Milliy gvardiyaning Toshkent shahri va viloyati bo‘yicha boshqarmalari, Qo‘riqlash xizmatining Toshkent shahri va viloyati boshqarmalari, Jamoat xavfsizligi universiteti, shuningdek, Chirchiq shahri, Qibray va Uchtepa tumanlarida joylashgan brigadalaridan tashrif buyurgan “Qalqonchi”, “Lochin”, “Yosh gvardiyachi”, “Do‘stlik”, “Chaqqon”, “Alplar”, “Yoshlar”, “Jasorat” nomli 8 ta jamoa ikkita gruhga bo‘lingan holda maydonda saf tortishdi. Qurʼa tashlangandan so‘ng jamoalar o‘yinni boshlab yuborishdi.
10-12 yoshli o‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan mazkur musobaqa qizg‘in baxslarga boy o‘tdi. Har bir jamoa g‘oliblik uchun bor kuch g‘ayratini ishga solishdi. Maydonga tushgan 14 nafar o‘quvchi chaqqonligi, futbolni naqadar o‘zlashtirganligini, milionlar o‘yinining qanchalik ommalashganligini ko‘rsatib berishdi. Ota-onalar, muhlislar ham o‘yinlarni hayajon bilan kuzatib borishdi. Guruhlarda g‘olib chiqgan “Qalqonchi”, “Lochin”, “Yosh gvardiyachi”, “Do‘stlik”, jamoalari yarim finalda o‘zaro bellashishdi. Finalda barcha bolalardan yaxshi o‘yin ko‘rsatgan “Qalqonchi” va “Lochin” jamoalari eng kuchli nomini aniqlash uchun maydonda to‘p tepishdi. Hayajonli, kutilmagan vaziyatlarga boy o‘tgan final 1:1 hisobi bilan yakunlanib, g‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Bu gal “Qalqonchi” jamoasi bolalarining qo‘li baland kelib, 2:1 hisobida “Mustaqillik kubogi” sohibiga aylanishdi. Barcha o‘yinlarning qizg‘in o‘tishini taʼminlash uchun Milliy gvardiya ashula va raqs ansambli boshlovchilari sharhlab borishdi. Harbiy orkestor sadolari esa bolalarga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. Musobaqaning holis va haqqoni o‘tishi uchun “Paxtakor kids” klubi hakamlari o‘yinlarni boshqarib borishdi. Taqdirlash marosimi ham yoshlarning yodida saqlanib qoladigan bo‘ldi. 3-o‘rinni “Yosh gvardiyachi” va “Do‘stlik” jamoalari qo‘lga kiritdi. 2-o‘ringa “Lochin” va 1-o‘ringa “Qalqonchi” jamoalari sazovor bo‘lishdi. Tantanali marosimda bolalarni Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik S. Mamayusupov va Markaziy devon boshqarma boshliqlari, “Paxtakor kids” klubi rahbariyati diplom, medal, kubok va sovg‘alar bilan taqdirladilar.
Albatta bunday sport tadbirlari yoshlarni jismonan yetuk va maʼnan barkamol bo‘lib voyaga yetishlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Endilikda mazkur turnir kelgusida muntazam ravishda o‘tkaziladigan bo‘ldi.

Text to speech