Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY GVARDIYASI VA PREZIDENT TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK  MEMORANDUMI IMZOLANDI

Mazkur memorandum O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 avgustdagi PQ-5215-son «Etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori hamda 10 sentyabr kuni davlatimiz rahbari raisligida, IT sohasida kadrlar tayyorlash hamda Prezident, ixtisoslashgan va ijod maktablarida taʼlim sifatini oshirish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektrda belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga sifatli taʼlim-tarbiya berish jarayonini takomillashtirish maqsadida amalga oshirildi.  

Ushbu tadbirda Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev, Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori X.Umarova hamda ikki tomon mutasaddi rahbarlari ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilarini ijtimoiy himoya qilish;

- “Raqamli avlod” loyihasi bilan Mehribonlik uylarini bosqichma-bosqich qamrab olish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish;

-  Mehribonlik uylarida “Raqamli avlod” sinf xonalarini tashkil etish va iqtidorli bolalar guruhlarini shakllantirish;

- Prezident taʼlim muassasalari agentligi tasarrufidagi Prezident maktablari qatori ushbu tizimdagi ixtisoslashtirilgan va ijod maktablari o‘quvchilarining ham ot sportiga qiziqishlarini orttirish va Milliy gvardiya tizimida yo‘lga qo‘yilgan sport to‘garaklariga jalb qilish;

- Mehribonlik uyi, oilaviy shaharchalar va oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilarini Prezident, ixtisoslashgan va ijod maktablariga o‘qishga kirish va ularni tayyorgarligi bo‘yicha ushbu muassasalar mutaxassis o‘qituvchilarini jalb qilish kabi vazifalar yuzasidan kelishib olindi.

Tadbir doirasida Milliy gvardiya qo‘mondoni “Raqamli avlod IT oromgohi”da ishtirok etgan va bilim ko‘nikmalarini oshirgan 22 va 23- sonli Mehribonlik uylari hamda “SOS-O‘zbekiston bolalar shaharchasi”ning iqtidorli o‘g‘il-qizlari bilan uchrashib, ochiq muloqot tarzidagi suhbat davomida ularning kelajakdagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi. Ularning har biri tomonidan bildirilgan taklif va fikrlari inobatga olinib o‘qishga kirish hamda ish bilan taʼminlanishlari yuzasidan tegishliligi bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar berildi.

Text to speech