Kuch tuzilmalarining kinologiya sohasidagi hamkorligi // "Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi"da huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan reyd tadbirlari davom ettirilmoqda // Xorazmda Qizil kitobga kiritilgan qushni sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi // Mahallalar kesimida mulkiy turdagi jinoyatlarning oldini olish hamda huquqbuzarliklarni profilaktika qilish borasida hamkorlikdagi manzilli targʻibot tadbirlari davom ettirilmoqda // Nurafshon shahrida joylashgan Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hududida "Ot sporti maydoni" majmuasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi va unda harbiy vatanparvarlikga ixtisoslashtirilgan sinf oʻquvchilari hamda tizim faxriylari ishtirok etishdi // Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi va vatan himoyachilari kuni bayrami arafasida Milliy gvardiya tashabbusi bilan «Zakovat» intellektual oʻyini oʻtkazildi // 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan Respublikamiz boʻylab Milliy gvardiya tizimida muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan askarlar va ularning ota-onalari ishtirokida telemuloqotlar tashkillashtirildi // Milliy gvardiya Jizzax viloyati boʻyicha boshqarmasida “Yotoqxona, oshxona va xizmat koʻrsatish binolari” shuningdek, Jizzax shahar Qoʻriqlash boʻlimi “Maʼmuriy binosi”ning tantanali ochilishi Gvardiyachilarga bayramona tuhfa boʻldi // Qurolli Kuchlarimizni tashkil topganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan bugun, Yangi O‘zbekiston bog‘ida “Men g‘olib” shiori ostida yugurish musobaqasi tashkil etildi // Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14 yanvar-Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Poytaxtimizning Amir Temur xiyoboni boʻylab “Otlar paradi” boʻlib oʻtdi // Toshkent viloyatidagi tog‘li hududlardagi dam olish maskanlarida jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan manzilli chora-tadbirlar olib borilmoqda // Milliy gvardiya tizimi faxriylari hamda xizmat vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning oila aʼzolari xolidan xabar olindi. // O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14 yanvar - “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan "Askar onalarini sharaflaymiz!” mavzusidagi tadbir tashkil etildi // Poytaxtimizdagi "Kinochilar uyida" Milliy gvardiya “Temurbeklar maktabi” faoliyatiga oid “Vaʼda” nomli teleserialning taqdimoti bo‘lib o‘tdi 

 

Ўз O'z Ру En

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jamoat xavfsizlik universitetida birinchi bosqich kursantlarining Vatanga qasamyodiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

Vatanga qasamyod har bir yurt himoyachisi uchun muqaddas, qasamyodga sodiqlik esa berilgan vaʼdaga vafo, shaʼni va or-nomusini himoya qilish kabi haqiqiy vatanparvarlarga xos bo‘lgan fazilat hisoblanadi. Ana shunday maqsad yo‘lida O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida 1-bosqich kursantlarining “Vatanga qasamyod” qabul qilish tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi.

Milliy gvardiya saflaridan joy olish bugun har bir mard yigitning yuksak orzusiga aylangan. Ulug‘ maqsad yo‘lida dastlabki qadamlar qo‘yildi. Kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan yosh kursantlar uchun boshlang‘ich kasbiy va jangovar jismoniy ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida o‘quv-dala sharoitida mashg‘ulotlar tashkil etildi. Aytish joizki, joriy yili universitet kursantlari safiga 240 nafar o‘g‘il-qiz qabul qilindi. Shu munosabat bilan Jamoat xavfsizligi universitetida 1-bosqich kursantlarining “Vatanga qasamyod” qabul qilish tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tantanali tadbirda Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djorayev, Oliy Majlis Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari S.Cho‘lliyev, Prezident Administratsiyasi shoʻba mudiri M.Mirakulov, Respublika Harbiy prokurori o‘rinbosari Q.Isroilov, Universitet boshlig‘i M.Rustambayev, professor o‘qituvchilari, Faxriylar kengashi aʼzolari, keng jamoatchilik hamda kursantlarning ota-onalari ishtirok etishdi.

Tadbirda Milliy gvardiya qo‘mondoni so‘zga chiqib, Mustaqilligimizning 33 yillik bayrami arafasida Prezidentimizning universitetga tashrif buyurgani va unda amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishib ofitser va kursantlar bilan bevosita muloqot qilganliklari hamda universitet faoliyatini yana-da takomillashtirish, zamonaviy xavf-xatarlarni o‘rganish va oldini olishga xizmat qiluvchi muhim maslahat va ko‘rsatmalar berganliklarini alohida qayd etdi.

Shuningdek, Davlatimiz rahbarining Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan tantanali marosimdagi nutqida “Tinchlikni saqlash faqat harbiylarning ishi bo‘lib qolmasligi kerak, bu barchamizning - har bir O‘zbekiston fuqarosining muqaddas burchi bo‘lishi shart. Yurtning kuchi – birlikda, qadri esa tinchlikdadir” deya bildirgan fikrlari yod olinib, biz va ayniqsa yoshlarimiz uchun eng muhim hayotiy vazifaga aylanmog‘i lozimligi taʼkidlandi.

Shundan so‘ng marosimga tashrif buyurgan mehmonlar va ota-onalar qasamyod qabul qilgan 1-bosqich kursantlarini unutilmas bayram bilan tabriklar ekan, qasamyod har bir vatan himoyachisi uchun muqaddas ekanligini, unga sodiqlik – berilgan vaʼdaga vafo, or-nomusni himoya qilish kabi haqiqiy vatanparvarlarga xos bo‘lgan xususiyatlardan biri sanalishini eʼtirof etishdi.

Tadbir davomida Universitet kursantlari tomonidan Qo‘l jangi va qurol bilan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi hamda maʼrifatparvar jadid bobolarimiz haqida kuy va qo‘shiqlar kuylanib, badiiy sahna ko‘rinishlari mehmonlarga havola etildi.

Barchada katta taassurot qoldirgan ushbu tantanali marosim yakunida kursantlar ota-onalari va yaqinlari bilan ko‘rishib, ilk bor harbiy libosda fotosuratlarga tushishdi.

Text to speech