Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tizimida "Saf tayyorgarligi boʻyicha eng ilgʻor boʻlinma" koʻrik-tanloviga start berildi.
Tanlovdan koʻzlangan asosiy maqsad — Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Saf nizomi talablarini amalda mustahkamlash, shaxsiy tarkibning saf tayyorgarligi boʻyicha amaliy koʻnikmalarini oshirish, sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish hamda oʻzaro tajriba almashish orqali umumiy harbiy tayyorgarlik darajasini yanada yuksaltirishdan iborat.
Shuningdek, tanlov doirasida shaxsiy tarkibning qurol bilan safda harakatlanish mahoratini rivojlantirish, oʻz kuch va imkoniyatlariga boʻlgan ishonchini mustahkamlash, hamda “Jasorat maktablari” oʻquvchilari oʻrtasida harbiy sohaga boʻlgan qiziqishni oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.