O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Xotin-qizlar jamoatchilik kengashi a'zolari tomonidan hududiy bo‘linmalardagi boshlang‘ich tashkilotlarning faoliyatiga yaqindan ko‘mak berilmoqda
Mas'ul shaxslar tomonidan xizmat qilayotgan xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish masalasi yuzasidan chora-tadbirlar belgilanib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida joylashgan mazkur boshqarmalar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida umumiy yig‘ilishlar o‘tkazilmoqda.
Shu bilan bir qatorda, bo‘linmalardagi ayol harbiy xizmatchi va xodimalarning ahloqiy-ruhiy holatini o‘rganish yuzasidan so‘rovnomalar o‘tkazilib, xotin-qizlarning muammolari, xohish-istaklari aniqlanmoqda va ularga yaqindan yordam ko‘rsatish hamda ijtimoiy himoya qilish masalalari bo‘linma rahbarlari ishtirokida hal etilmoqda.
O‘rganish davomida Mehribonlik va Oilaviy bolalar uylariga biriktirilgan xotin-qizlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, harbiy xizmatchi va xodimlarning oila a'zolari bilan sayyor qabullar tashkil etilib, unda maishiy, huquqiy, tibbiy, ta'lim va boshqa masalalardagi murojaatlar tinglandi va ularning ijobiy hal etilishi bo‘yicha tegishli mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.