Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI TIZIMIDA ILMIY-AMALIY ANJUMAN BO‘LIB O‘TDI

Mamlakatni iqtisodiy, ijtimoiy shuningdek,harbiy salohiyatini yuqori bosqichga olib chiqishda ilm-fan va texnologiyalarning o‘rni beqiyos. Respublika miqyosida o‘tkazilgan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, tajriba va muammolari” mavzusidagi mazkur onlayn ilmiy-amaliy anjuman ham Qurolli Kuchlar tizimida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar natijalarini, ilmiy va innovasion yangiliklar bo‘yicha to‘plangan tajribalarni o‘rtoqlashish hamda izlanuvchilarning o‘zaro fikr almashishiga zamin yaratdi.

Konferensiya  davomida O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish  vazirligi, Mudofaa sanoati bo‘yicha davlat qo‘mitasi hamda Qurolli Kuchlar tizimida faoliyat olib borayotgan ilmiy mutaxassislar, oliy harbiy-ta'lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va kursantlari o‘zlarining  konstruktorlik va innovasion ishlanmalarini namoyish etishdi.

Mazkur anjuman olimlar va tadqiqotchilarni Milliy gvardiya bilan hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilgan bo‘lsa, tadbir davomida ko‘rib chiqilgan tadqiqot natijalari va ilmiy ishlanmalar esa ishtirokchilarni yanada shijoat va g‘ayrat bilan ishlashlariga undadi.

Tadbir so‘ngida iqtidorli innovasion ixtirochilar tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi. 

Text to speech