Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida Milliy gvardiya qo‘mondonligi, Jamoat xavfsizligi universiteti va Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi tomonidan “Dunyoning mafkuraviy manzarasi” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.

Maʼlumki, bugun dunyoda keskin kurash va raqobat hukm surmoqda, manfaatlar to‘qnashuvi kuchaymoqda. Globallashuv jarayonlari insoniyat uchun beqiyos yangi imkoniyatlar bilan birga kutilmagan muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Milliy o‘zlik va maʼnaviy qadriyatlarga qarshi tahdid va xatarlar tobora ortmoqda. Faqat o‘zini o‘ylash, mehnatga, oilaga yengil qarash, isteʼmolchilik kayfiyati turli yo‘llar bilan odamlar, ayniqsa, yoshlar ongiga ustamonlik bilan singdirilyapti.

Bugungi kunda “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” g‘oyasini real voqelikka aylantirish borasida salmoqli yutuqlar qo‘lga kiritilganligi Vatanimizning yoshlar masalalari bilan muntazam shug‘ullanish naqadar dolzarb ekanligini belgilab beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021 yil 19 yanvar kuni “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish” masalalari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishi yuzasidan qo‘yilgan topshiriqlari ijrosini Milliy gvardiya faoliyatida taʼminlash maqsadida Respublika Maʼnaviyat va marifat kengashi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha 2022 yil uchun Yo‘l xaritasi ishlab chiqilgan.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev taʼkidlaganlaridek, Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi maʼnaviyatdir. Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli maʼnaviyat”.

Respublika ilmiy-amaliy anjumanidan mazkur masalaga bag‘ishlangan maʼruzalar asosida sohaga oid taʼlim-tarbiya tizimni takomillashtirishga xizmat qiladigan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Darhaqiqat, Mazkur Yo‘l xaritada belgilangan vazifa ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida Milliy gvardiya boshqarma boshliqlarining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofitserlari bilan “Dunyoning mafkuraviy manzarasi” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.

Ushbu ilmiy-amaliy anjumanda Milliy gvardiya boshqarma boshliqlarining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofitserlari, bir qator tashkilot va muassalalar, jumladan, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi, O‘zbekiston xalqaro Islom Akademiyasidan professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Anjumanda maʼruza qilgan mutaxassislar Jahon miqyosida turli qarama-qarshiliklar va ziddiyatlar tobora keskin tus olib, ekstremizm, terrorizm, narkotrafik, odam savdosi, global pandemiya kabi tahdidlar kuchayib borayotgan bugungi tahlikali zamonda hayotning o‘zi talab qilayotgan mezonlar asosida doimo ogoh va hushyor bo‘lib yashash, kursantlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirishga alohida eʼtibor qaratdilar.

Shu bois, Muhtaram Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek, «Bunday tahlikali vaziyatda hushyor va ogoh bo‘lib, xalqimizning tinchligi, mamlakatimiz manfaatlarini o‘ylab yashash» har birimizning hayotiy prinsipimiz bo‘lishi zarur.

Bo‘lib o‘tgan anjumanda maʼruzachilar “Axborot-mafkuraviy xavfsizlikni taʼminlash masalalari”, “Markaziy Osiyodagi geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlar”, “Bugungi dunyoni mafkuraviy manzarasining o‘zgarish tendensiyasi” kabi maʼruzalarida Milliy gvardiya boshqarma boshliqlarining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofitserlarining kelgusi faoliyatlari uchun qimmatli maʼlumotlar berildi. o‘zlarining qiziqarli va mazmunli chiqishlari bilan ishtirok etdilar. Anjuman yakunida maʼruzachilarga Milliy gvardiya qo‘mondonligining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi. Konferensiya yakuni bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilindi.

Text to speech