O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yillik bayrami keng nishonlamoqda.
Yurtimizda Konstitutsiyamizda belgilangan qoida va normalarga asosan barcha sohalarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilib, yuksak natijalarga erishilmoqda. Bunday natijalarga faqatgina huquqiy davlat sharoitida erishiladi, qadriyatlar hayotga tatbiq etiladi, inson huquq va erkinliklari, eng asosiysi, ularning huquqiy va ijtimoiy himoyasi amalda taʼminlanadi.
Vazirlik va idoralarda, jamoat tashkilotlarida sana munosabati bilan tadbirlar tashkil etilib, asosiy qonunimizning mazmun mohiyati yosh avlodga chuqurroq yetkazilmoqda. Toshkent shahar “Qo‘riqlash” boshqarmasida harbiy xizmatchi va xodimlar uchun ham Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi va Harbiy prokuratura rahbariyatlari ishtirokida "Konstitutsiya – mening taqdirimda" shiori ostida anjuman o‘tkazildi.
Mazkur anjuman davomida tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar tomonidan konstitutsiyamiz to‘g‘risida ko‘plab mazmunli maʼruzalar qilindi.
O‘tkazilgan tadbirda ZOOM platformasi orqali ishtirok etgan harbiy xizmatchi va xodimlar ham bu borada o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tishdi. Shuningdek, anjuman bevosita yoshlar bilan erkin savol-javoblar tarzida bo‘lib o‘tdi. Maʼruzachilar yosh muddatli harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasining xavfsizligini taʼminlashdek muhim masala Konstitutsiya asosida amalga oshirilayotganini taʼkidlab, asosiy qonunimizda Vatan himoyasi - har bir fuqaroning burchi ekanligi alohida qayd etishdi.