O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI AKADEMIYASI 104 YОSHDA
Mazkur qutlug‘ sana bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasi rahbariyati va jamosini Milliy gvardiya qo‘mondonligi va butun shaxsiy tarkibi nomidan samimiy muborakbod etamiz.
Mamlakatimiz taraqqiyoti yo‘lida harbiy kadrlarni tayyorlashdek masʼuliyatli va sharafli kasb egalari bo‘lmish barcha professor- o‘qituvchilar va faxriylarni, shuningdek, tinglovchi-kursantlarni yurtimiz sarhadlari daxlsizligi va xalqimiz osoyishtaligi yo‘lidagi kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar, oilalariga xotirjamlik, fayzu-baraka va sihat-salomatlik tilaymiz.
Osmonimiz doimo musaffo, yurtimiz tinch bo‘lsin!