MAMLAKATIMIZDA ILK BORA QOR USTIDA POLO MUSOBAQASI
Joriy yilning 2 yanvar kuni Amirsoy tog‘ kurorti hududida O‘zbekiston tarixida ilk marotaba qor ustida ot polosi (https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%9F%D0%BE%D0%BB%D0%BE) bo‘yicha ko‘rgazmali o‘yin bo‘lib o‘tdi.
Do‘stona uchrashuvda “Amirsoy” va “Universal Jumping” jamoalari ishtirok etib, Milliy gvardiya ot sporti bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabi sportchilari “Amirsoy” jamoasi shaʼnini himoya qildilar. Ushbu musobaqani xalqaro hakam Ziri Abdel Kamol boshqardi. Murosasiz kechgan bellashuv barchada katta taassurot qoldirdi.