PIROTEXNIK VOSITALARINING NOQONUNIY SAVDOSI OLDI OLINDI
Farg‘ona viloyatida Milliy gvardiya va viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida Farg‘ona viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaro M.S tomonidan “Cobalt” rusumli avtomashinasida Qirg‘iziston Respublikasidan yashirincha yo‘l bilan olib o‘tilgan, 25 171 000 so‘m miqdorida bo‘lgan 6 xil turdagi pirotexnika vositalari ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov-surishtiruv ishlari Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan olib borilmoqda.