Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

PIROTEXNIKA VOSITALARINING NOQONUNIY AYLANMASIGA ChEK QO‘YILMOQDA!

Yangi yil bayrami yaqinlashmoqda, hammamiz bilamizki ushbu mavsumda ogohlantirish ishlariga qaramasdan fuqarolar tomonidan pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanuviga qaratilgan xatti-harakatlar sodir etilish holatlari uchrab turadi.

Jumladan, 2021 yil 28 noyabr kuni Sirdaryo viloyati bo‘yicha Milliy Gvardiya boshqarmasi, Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi, DXX Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, hamda viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda Guliston shahri hududida pirotexnika mahsulotlarining noqonuniy aylanuviga qarshi kurashish borasida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tezkor tadbir davomida, oldindan tezkor kuzatuvga olingan, O‘zbekiston fuqarosi E.Sh. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli yengil avtotransport vositasi Guliston shahri Guliston ko‘chasi hududiga kelib to‘xtagan vaqtida, tadbir ishtirokchilari tomonidan ushbu avtotransport vositalarining saloni va yukxonasi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda, oldindan kelishilgan “shartli xaridor”ga sotish maqsadida olib kelingan, xorijda ishlab chiqarilgan 4 turda jami 42 060 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida qo‘lga olingan.

Shundan so‘ng, tadbir ishtirokchilari tomonidan fuqaro E.Sh. bilan profilaktik suhbat o‘tkazilganda, u o‘zining xohish-istagi bilan uyida saqlanayotgan 10 blok “Britanik” nomli jami 6000 dona pirotexnika mahsulotlarini taqdim etgan. Tezkor tadbir davomida fuqaro E.Sh.dan 4 turdagi jami 48060 dona pirotexnika mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Text to speech