PIROTEXNIKA VOSITALARINING NOQONUNIY SAVDOSI OLDI OLINDI
Toshkent shahri Bektemir tumanida Bosh prokuratura, Milliy gvardiya va DXX xodimlari hamkorligida pirotexnika vositalarini noqonuniy savdosini oldini olishga qaratilgan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida Buxoro viloyati Vobkent tumanida tug‘ilgan fuqaro J.E., Namangan viloyati Chust tumanida tug‘ilgan fuqaro Z.A. va Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida tug‘ilgan fuqaro A.I.lar tomonidan qo‘l urilgan, umumiy qiymati 18.574.000 so‘m bo‘lgan 140 dona “Zolotoy pesok” va 2880 dona “Britanik” nomli pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi.
Hozirgi vaqtda holat bo‘yicha dastlabki tergov surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.