PIROTEXNIKA VOSITALARINING NOQONUNIY SAVDOSI OLDI OLINDI
Bugungi kunda mamlakatimiz bo‘ylab Milliy gvardiya hamda hamkor vazirliklar bilan birgalikda amalga oshirilayotgan “Kompleks” chora-tadbirlar natijasida pirotexnika vositalari bilan bog‘liq ko‘ngilsizliklar oldi olinmoqda.
Xususan, joriy yilning 7 noyabr kuni Farg‘ona viloyatida Milliy gvardiya va viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari birgalikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida Marg‘ilon shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro Q.A tomonidan “Cobalt” rusumli avtomashinasida Qirg‘iziston Respublikasidan yashirincha yo‘l bilan olib o‘tilgan, 57 600 000 so‘m miqdorida bo‘lgan 230400 dona “BRITANIK” nomli pirotexnika vositalari ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov-surishtiruv ishlari Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan olib borilmoqda. Shuningdek, kuni kecha Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan ushbu viloyatda istiqomat qiluvchi fuqaro T.J. shubha uyg‘otib tekshirilganda, yonidan umumiy qiymati 2 400 000 so‘m bo‘lgan 480 quti «Noviy vek x201» (“Britanik”) nomli pirotexnika vositalarini qonunga xilof ravishda saqlab, olib yurganligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov-surishtiruv ishlari Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi surishtiruv bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.