Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

PIROTEXNIKA VOSITALARINING NOQONUNIY SAVDOSI OLDI OLINDI

Respublikamiz bo‘ylab huquqni muhofaza qilish organ xodimlari hamkorligida pirotexnika vositalarining noqonuniy savdo oldini olishga qaratilgan reyd tadbirlari davom etmoqda.

Xususan, joriy yilning 24 noyabr kuni Farg‘ona viloyatida olingan xabarga ko‘ra Milliy gvardiya hamda Bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan “Vodil-Marg‘ilon-Oltiariq” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro Q.X.X boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomashina tezkor kuzatuvga olindi va Marg‘ilon shahri hududida to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, avtotransport vositasining yukxonasi va salonida Qirg‘iziston Respublikasidan yashirincha olib kirilgan umumiy qiymati 25 200 000 so‘m bo‘lgan 36 dona “9D-037” nomli pirotexnika vositalari borligi aniqlandi. Shuningdek,kuni kecha hamkor xodimlar ishtirokida yana bir ko‘ngilsizlik oldi olindi. Farg‘ona viloyatida istiqomat qiluvchi N.X.A boshqaruvidagi “Spark” rusumidagi avtomashina to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda umumiy qiymatida 61.240.000 so‘mlik 157.400 dona “Britanik” nomli pirotexnika, 40 dona “Korolevskiy” nomli salyut, 44 dona “Noviy vek” nomli salyut borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari Farg‘ona viloyati Milliy gvardiya Surishtiruv bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.

Text to speech