Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Davlatimiz rahbarining hududlarda aholi muammolarini aniqlash va bartaraf etish hamda kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash  yuzasidan bergan topshiriqlarining ijrosi Navoiy viloyatida Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev boshchiligidagi idoralararo ishchi guruh tomonidan o‘rganilib, amalga oshirilgan ishlar natijasi sarhisob qilindi.

Bugun Navoiy viloyati hokimiyati binosida, Ishchi guruh tomonidan  viloyat aholisining turli yo‘nalishlarda aniqlangan muammolari  va ularni hal etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar natijalari  sarhisob qilinib, istiqbolli rejalar belgilab olindi.

Viloyat hokimi N.Tursunov ishtirokidagi mazkur yig‘ilishda,  aholi muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etishda belgilab olingan 7 ta asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha  4 ta ishchi guruhga yuklatilgan vazifalar ijrosi hamda hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Tashkil etilgan tezkor shtabda ishchi guruhlar tomonidan aniqlangan muammoli masalalar qayta tahlil qilinib, ularni yechimi yuzasidan hamkorlikdagi yo‘l xaritasi ishlab chiqqan holda tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan topshiriqlar berildi.

Ishchi guruh tashabbusi bilan viloyat hududida jami 9984 ta xonadonga suyultirilgan gaz baloni va 51,19 tonna ko‘mir yetkazib berilib, aholining gaz va ko‘mir mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoji qisman qanoatlantirildi.

Iste’mol bozorlaridagi narx-navo barqarorligini ta’minlash, oziq-ovqat zaxiralarini yaratish hamda tadbirkorlar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida, viloyatda 52 ta arzonlashtirilgan yarmarka tashkil etilib, ularda jami 3254 tonna kundalik ehtiyoj iste’mol tovarlari savdoga qo‘yildi. Shuningdek, o‘z mahsulotini to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish istagida bo‘lgan 96 ta fermer xo‘jaligi egalariga o‘z mahallalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish uchun savdo rastalari tashkil etishga ko‘maklashildi.

Ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, oilaviy tadbirkorlik, yoshlar va ayollarning tashabbuskor loyihalariga ko‘maklashish maqsadida, viloyat hududida joylashgan barcha monomarkazlar, mehnat yarmarkalari, kovorking markazlari faoliyatining natijadorligi o‘rganilib, natijasi bo‘yicha 208 nafar fuqarolar doimiy ish o‘rinlariga joylashtirildi, 27 nafari kasbga o‘qitishga yuborildi, 53 nafariga ishsizlik nafaqasi tayinlandi. Shuningdek, 609 nafar fuqarolar o‘zini-o‘zi band qilish, 15 nafari yakka tartibdagi tadbirkorlik qilish orqali mehnatga jalb etildi.

Viloyat hududida harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘lovchi va haydovchilarga qulayliklar yaratish maqsadida qo‘shimcha ravishda 30 ta yo‘l belgilari o‘rnatilib, 9 ta svetofor ta’mirlandi, 14 ta joyda yo‘l belgilarini tiklash kabi boshqa bir qator ishlar amalga oshirildi.

Shu bilan birga, mahallarda aholining murojaatlari bilan ishlash ahvoli va ularni qanoatlantirish darajasi tanqidiy o‘rganilib, bugungi kunda jami 569 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida 34 ta mobil  davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

 

Text to speech