Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan Regbi-7  xalqaro turnirida munosib ishtirok etib, faxrli 2- o‘rinni qo‘lga kiritgan  O‘zbekiston Respublikasi  Milliy gvardiyasi jamoasi sportchilari munosib rag‘batlantirildi // Harbiy sport musobaqasi // Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida tizimdagi bir guruh harbiy xizmatchi va xodimlarning farzandlariga imtiyozli tavsiyanomalar topshirildi.// «Yangi O'zbekistonning ibratli harbiylar oilasi» tanlovi // Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markazida tinglovchilarni qasamyod qabul qilish va navbatdagi bitiruvchilarga tantanali ravishda sertifikatlar topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi. // Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan Regbi-7 xalqaro turniri o‘z nihoyasiga yetdi va turnir davomida yetakchilik qilib kelgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi jamoasi ikkinchi o‘rinni egalladi. // Ot poygasi bo‘yicha jahon chempionati // Sportning "O‘q otish" turi bo‘yicha Milliy gvardiya birinchiligi bahslari bo‘lib o‘tdi // “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari o‘rtasida “Amir Temur avlodlari” idoralararo harbiy-sport tanlovida Milliy gvardiya “Temurbeklar maktabi” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi // Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining oila aʼzolari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan «Yangi O‘zbekistonning ibratli harbiylar oilasi» ko‘rik-tanlovi Respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi // Voleybol bo`yicha milliy gvardiya kubogi musobaqalari // Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi bitiruv tadbiri o‘tkazildi // “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari o‘quvchilari o‘rtasida “Amir Temur avlodlari” idoralararo harbiy-sport tanloviga start berildi // Sirdaryo viloyatida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining jangovar shayligi va axloqiy-ruhiy tayyorgarligini mustahkamlashga qaratilgan o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.// Milliy gvardiya markaziy devoni boshqarmalari o‘rtasida mini-futbol turniri o‘tkazildi. // Respublikamiz bo‘ylab Milliy gvardiya xodimlari “Men donorman” xayriya aksiyasida faol ishtirok etishmoqda ishtirok etishdi // Huquq-tartibot idoralari xodimlarining oila a'zolari ishtirokida bayram tadbirlari // Harbiy-vatanparvarlik tadbirlari// Maktab o‘quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga qaratilgan “Harbiy qismda bir kun” loyihasi // Davlatimiz rahbari topshirigʻi bilan joylarda respublika ishchi guruhi tomonidan aholini ijtimoiy qoʻllab quvvatlashga qaratilgan manzilli ishlar davom ettirilmoqda. Mazkur ishchi guruh tarkibida boʻlgan Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari boshchiligidagi sohaga oid mutaxassislar tomonidan Samarqand viloyati boʻylab mahallalar kesimidagi zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. // Joriy yilning 2-4 may kunlari “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida bo'lib o'tgan "Mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar" festivalida Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti harbiy xizmatchilari yuqori natijalarni qo'lga kiritishdi. // Milliy madaniyatimiz va tariximizni oʻrganish-Vatanga boʻlgan muhabbatimizni yanada oshiradi// Ayol harbiy xizmatchi va xodimalar hamda yoshlar ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi // «Yosh gvardiyachi» harbiy-sport musobaqasi // Umumiy ovqatlanish maskanidagi bir guruh shaxslarning o‘zaro janjali “tashvish” xabari orqali yetib kelgan Milliy gvardiya xodimlari tomonidan o‘z vaqtida bartaraf etildi // Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida hamda barcha hududiy boshqarmalarda "Burch, Sadoqat, Jasorat" shiori ostida yangi 2024-2025 o‘quv yiliga bag‘ishlangan maʼnaviyat darsi bo‘lib o‘tdi 

Ўз O'z Ру En

Hududlarda aholi muammolarini aniqlash va ularni yechimini topish, shuningdek, kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlash yuzasidan Davlatimiz Rahbari topshiriqlari ijrosi Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R. Djurayev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan o‘rganilib, natijalari sarhisob qilindi

Bugun Qashqadaryo viloyati hokimligi binosida ishchi guruh tomonidan o‘rganish chog‘ida aniqlangan aholini qiynab kelayotgan muammolar va ularni hal etish ishlari natijalari sarhisob qilindi, shuningdek, bajarilishi lozim bo‘lgan hamkorlikdagi ishlar bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqqan holda, tizimli chora-tadbirlar amalga oshirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Chunonchi, hafta davomida Ishchi guruh tashabbusi bilan viloyat hududida jami 24091 ta xonadonga suyultirilgan gaz baloni yetkazilib, 814 ta mahallani tabiiy gaz bilan uzluksiz taʼminlash yo‘lga qo‘yildi, 24 km ichimlik suvi hamda 5 km tabiiy gaz tarmoqlari taʼmirlandi, 2 km ichki yo‘llarga shag‘al yotqizildi, 14 ta maktab va 20 ta maktabgacha taʼlim muassasasi, shuningdek, 11 ta talabalar turar joyi isitish tizimlarining holati o‘rganildi.

Isteʼmol bozorlaridagi narx-navo barqarorligini taʼminlash, oziq-ovqat zaxiralarini hamda tadbirkorlar uchun yanda qulay sharoitlar yaratish maqsadida viloyatda 72 ta arzonlashtirilgan yarmarka tashkil etilib, ularda jami 393,8 tonna kundalik ehtiyoj isteʼmol tovarlari savdoga qo‘yildi. Shu bilan bir qatorda, o‘z mahsulotini to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish istagida bo‘lgan 136 ta fermer xo‘jaligi egalariga o‘z mahallalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish uchun savdo rastalari tashkil etishga ko‘maklashildi.

Ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, oilaviy tadbirkorlik hamda yoshlar va ayollarning tashabbuskor loyihalariga ko‘maklashish maqsadida viloyat hududida joylashgan barcha monomarkazlar, mehnat yarmarkalari, kovorking markazlari faoliyatining natijadorligi o‘rganilib, natijasi bo‘yicha 186 nafar fuqaro doimiy ish o‘rinlariga joylashtirildi. Shu bilan birga, 205 nafari kasbga o‘qitishga yuborildi, 15 nafariga ishsizlik nafaqasi tayinlandi. Shu bilan bir qatorda, 236 nafar fuqarolar o‘zini-o‘zi band qilish, 10 nafari yakka tartibdagi tadbirkorlik qilish orqali mehnatga jalb etildi.

O‘tkazilgan sayyor qabullar davomida fuqarolardan kelib tushgan 129 ta murojaatdan 74 tasi ijobiy hal etilib, 58 tasi nazoratga olindi.

Viloyat hududida harakat xavfsizligini taʼminlash, yo‘lovchi va haydovchilarga qulayliklar yaratish maqsadida qo‘shimcha ravishda 327 ta yo‘l belgilari o‘rnatilib, 8 ta svetofor taʼmirlandi hamda 47 ta joyda yo‘l belgilarini tiklash kabi boshqa bir qator ishlar amalga oshirildi.

Shuningdek, mahallalarda aholining murojaatlari bilan ishlash ahvoli va ularni qanoatlantirish darajasi tanqidiy o‘rganilib, bugungi kunda jami 121 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida 664 ta uyali aloqa xizmatlari ko‘rsatilishi taʼminlandi.

Text to speech