Poytaxtimizdagi "Eski juva dehqon" bozorida savdo qilayotgan kiyim-kechak sotuvchisi rastasidan pirotexnika vositalarini yashirincha saqlayotganligi aniqlandi
Joriy yilning 20 oktyabr kuni 12:50larda Shayxontohur tumanida joylashgan "Eski juva dehqon" bozorida jamoat tartibini saqlashga jalb etilgan Milliy gvardiya xodimlari bozor hududida kiyim-kechak bilan savdo-sotiq qilib kelayotgan fuqaro Sh.M.ning shubhali xatti-harakatlarini sezib qolib xolislar ishtirokida uning rastasi ko‘zdan kechirilganda 1860-dona (3 blok 31 quti) “Treniya” nomli va (3 quti 18-dona) “Solovey razboynik” nomli jami 34 quti 1878-dona pirotexnika vositalari borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida belgilangan tartibda olib qo‘yildi.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Yangihayot tumanida yashovchi 40 yoshli fuqaro Sh.M.ga nisbatan O‘R MjTKning 185-1-moddasiga asosan hujjatlar rasmiylashtirilib, Shayxontohur tumani JIB sudiga yuborildi.