Poytaxtimizdagi "Food city” savdo majmuasida Milliy gvardiya xodimlari tomonidan ko‘ngilsizlik holati oldi olindi
2024 yil 1 iyul kuni taxminan soat 17:00 lar atrofida “Food city” savdo majmuasi hududida fuqaro 24 yoshli N.G‘., 21 yoshli U.D. va 21 yoshli M.O.lar savdo ishlari bilan shug‘ullanib, sotuv vaqtida 17 yoshli fuqaro A.X. bilan tortishib, ular o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi.
Ushbu ziddiyatli vaziyatni keskinlashib ketishini oldini olish maqsadida hududda xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya xodimlari fuqarolarni tinchlantirayotgan paytda fuqaro N.G‘. savdo rastasini orasidan jaxl ustida o‘tkir tig‘li buyum bilan fuqaro A.X.ga zarba yetqazmoqchi bo‘ldi.
Shundan so‘ng, xodimlar tezkorlik bilan harakat qilib, qo‘l jangi usullaridan foydalangan holda uni zararsizlantirib, qo‘lga oldi.
Holat yuzasidan ushbu fuqarolar Bektemir tumani IIO 1-sonli FMBga topshirildi.