Poytaxt bozorida Milliy gvardiya va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan giyohvand moddalar aylanmasida gumonlanuvchi shaxs aniqlandi
Joriy yilning 24-avgust kuni soat 11:00 da Uchtepa tumani “Farhod dehqon bozori”ga xizmatga jalb qilingan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari oʻzida shubha uygʻotgan fuqaroni toʻxtatishdi. Ichki ishlar xodimlari bilan hamkorlikda xolislar ishtirokida shaxsiy tintuv jarayonida uning yonidan oʻtkir hidli oʻtsimon modda borligi aniqlandi.
Ushbu fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritilganda, u Bektemir tumanida istiqomat qiluvchi 51 yoshli N.N. ekanligi ma’lum bo’ldi.
Fuqaro Uchtepa tumani IIO FMB JQBga belgilangan tartibda topshirildi.