Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Poytaxtimizdagi "Zakovat arena" majmuasida, 30-iyun yoshlar kuni munosabati bilan Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari, kursant va o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat intellektual” turniri bo‘lib o‘tdi.

Mazkur intellektual o‘yinda tizimda faoliyat olib borayotgan xodimlar, faxriylar, Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari hamda Temurbeklar maktabi o‘quvchilaridan iborat 30 ta jamoa ishtirok etdi. Turnirni Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik S.Mamayusupov, “Zakovat” intellektual klubi nodavlat notijorat tashkiloti direktori A.Abdullayev, Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosari D.Kattaxonovalar kirish so‘zlari bilan ochib berishib, jamoalarga omad tilashdi.

Ishtirokchilarning mantiqiy bilimlarini oshirish hamda intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan turnir ko‘tarinki ruhda boshlandi.

2 raunddan iborat bo‘lgan o‘yin davomida 12 tadan jami 24 ta savol o‘rtaga tashlandi. Turli sohaga oid maʼlumotlardan tuzilgan savollarga barcha jamoa aʼzolari, tez va to‘g‘ri javob berishga harakat qilishdi.

Tadbir davomida Jadidchilik harakati siymolariga bag‘ishlangan teatrlashtirilgan musiqiy asar namoyish etilib, Milliy gvardiya ashula va raqs ansambli xushovoz xonandalari tomonidan vatanparvarlik ruxidagi qo‘shiqlari kuylandi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra faxrli 3-o‘ringa Alfraganus, 2-o‘ringa Everest jamoalari munosib ko‘rilgan bo‘lsa, 1-o‘rinni Jamoat xavfsizligi universitetining Favorit jamoasi qo‘lga kiritdi.

Sog‘lom raqobat va do‘stona ruhda o‘tgan “Zakovat intellektual” turniri g‘oliblari diplom, kubok va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Text to speech