Poytaxtimizda harbiy xizmatchilar tomonidan jinoyat sodir etganligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
Joriy yilning 17 fevral kuni soat taxminan 11:30 larda Toshkent shahar IIBB “Yagona tezkor boshqaruv markazi”dan Chilonzor tumani “Ubay ibn Ka‘b” jome masjidi hududida xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchilarga O‘R JKning 168-moddasi (Firibgarlik) bilan ayblanib, qidiruvda bo‘lgan surxondaryolik 60 yoshli X. A tashrif buyurganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Shundan so‘ng, harbiy xizmatchi va profilaktika inspektori tomonidan qidiruvda bo‘lgan fuqaro ushlanib, Chilonzor tuman IIO FMBga topshirilgan.
Mazkur holat bo‘yicha surishtiruv ishlari Ichki ishlar organi tomonidan olib borilmoqda