Poytaxtimizda “Qo‘riqlash” boshqarmasi xodimlari tomonidan jinoyat sodir etganlikda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi.
Joriy yilning 27 may kuni soat 11.14 da Toshkent shahar IIBB Situatsion markazidan olingan maʼlumotlarga ko‘ra, Yunusobod tumani 7-mavzeda joylashgan “Korzinka” supermarketi yonida “Qo‘riqlash” bo‘limi xodimlari tomonidan Jinoyat kodeksi 167-moddaning 1-qismi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilish) bilan jinoyat sodir etishda ayblanib, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan qidiruvda bo‘lgan 30 yoshli U.S. qo‘lga olingan. Shundan so‘ng, fuqaro o‘rnatilgan tartibda IIBga topshirilgan. Mazkur holat bo‘yicha surishtiruv ishlari Yunusobod tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilmoqda.
Shuningdek, joriy yilning 29 may kuni soat 10.19 da Toshkent shahar IIBB Situatsion markazidan olingan maʼlumotlarga ko‘ra, Chilonzor tumani 1-mavzeda joylashgan “Havas” supermarketida“Qo‘riqlash” bo‘limi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 168-moddasining 2-qismi (“Firibgarlik”) bilan jinoyat sodir etganligi uchun Ichki ishlar organlari tomonidan qidiruvda bo‘lgan 1949 y.t fuqaro T. R. qo‘lga olingan. T.R o‘rnatilgan tartibda Chilonzor tumani IIBga topshirilgan va hozirda mazkur holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.