Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

OT SPORTI BO‘YICHA   HALQARO  TURNIRDAGI  NAVBATDAGI  G‘ALABA MUBORAK

Joriy yilning 28-30 may kunlari Qirg‘iziston Respublikasining Bishkek shahrida ot sporti konkur yo‘nalishidagi “FEI Jumping CSIO1*-W World Cup Eurasian League i FEI Jumping Nations Cup” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqaning Gran Pri 150 hamda 130 m balandligida terma jamoamiz sportchi chavandozlari yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar. Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra O‘zbekiston milliy terma jamoasi 1 o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2 o‘rin Rossiya Federatsiyasiga va 3 o‘rin Qirg‘iziston Respublikasi chavandozlariga nasib etdi.

Xabaringiz bor mazkur ot sportining to‘siqlardan sakrash turi bo‘yicha nufuzli CSIO1-W "FEI Jumping World Cup" va CSIO 3* "LONGINES FEI Jumping Nations Cup" xalqaro turniri birinchi bosqichi 22-25 aprel kunlari mamlakatimizda bo‘lib o‘tib Toshkent shahri ilk marotaba mezbonlik qilgan edi.

Ushbu xalqaro musobaqa beshta bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi bosqichi yuqorida taʼkidlaganimizdek O‘zbekistonda (22-25 aprelda) bo‘lib o‘tgan bo‘lsa , ikkinchi bosqichi Qirg‘izistonda (28-30 may kunlari) o‘tkazildi va qolgan bosqichlari Qozog‘iston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasida bo‘lib o‘tadi va u yerda birinchi uchlikga kirgan jamoa Ispaniyada Barselona va Amerika qitʼasida bo‘lib o‘tadigan musobaqalarga yo‘llanma olishadi.

Milliy terma jamoa tarkibida 20 nafar sportchi ishtirok etib ulardan 6 ta chavandoz yuqori natijalarni ko‘rsatib kelmoqda.

Ular Ot sporti federatsiyasi chavandozlari Kurbanov Bekzod va Tuyakbayev Nurjan hamda Milliy gvardiya ot sporti bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabining chavandozlari Umid Kamilov, Saidamirxon Turgunbayev, Baxromjon Gaziyev va Azam Tolibayevlar bo‘lib, o‘zlariga biriktirilgan otlarni mohirona boshqargan holda holda Finalga yo‘llanma olishda o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.

Sportchilarimizga keyingi bosqich musobaqalarida ham zafarli yo‘llarni tilab qolamiz.

Text to speech