Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Navbatdagi harbiy unvonlar berilgani bilan tabriklaymiz!

Milliy gvardiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasida ofitser va serjantlarga tantanali ravishda navbatdagi harbiy unvonlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tantanali tadbirda Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev so‘zga chiqib, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar hayoti va sog‘lig‘ini asrash, xavfsizligini taʼminlash yo‘lida ko‘rsatgan fidoyiliklari uchun ularga minnatdorlik bildirdi.

Shundan so‘ng harbiy xizmatchilarga navbatdagi harbiy unvonlarni berish to‘g‘risidagi qo‘mondon buyrug‘i o‘qib eshittirildi. III darajali serjant unvoniga ega bo‘lgan 12 nafar harbiy xizmatchilardan 10 nafarini harbiy qizlarimiz tashkil qilgan bo‘lsa,16 nafar harbiy xizmatchiga ofitser unvonlari berildi.
Xususan, 1 nafariga navbatdagi “katta leytenant”,11 nafariga navbatdagi “kapitan” va  4 nafariga navbatdagi “mayor” harbiyunvonlari topshirildi.

Milliy gvardiya qo‘mondoni navbatdagi harbiy unvon olganlarni yana bir bor qutlab, tadbirda ishtirok etayotgan barcha shaxsiy tarkibga Vatan oldidagi burchlarini sidqidildan bajarib, prezidentimizga va xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilishlariga ishonch bildirdi.

Milliy gvardiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik M.Yusupov so‘zga chiqib, ofitser va serjantlarni navbatdagi harbiy unvonlar bilan samimiy muborakbod etdi.O‘z o‘rnida harbiy xizmatchilarga ko‘rsatilayotgan eʼtibor va g‘amxo‘rlik uchun davlatimiz rahbari va Milliy gvardiya qo‘mondonligiga minnatdorlik bildirib, butun shaxsiy tarkib nomidan, bundan buyon ham o‘z zimmalariga yuklatilgan sharafli va masʼuliyatli vazifalarni ado etishdanamuna ko‘rsata olishlarini bildirdi. Shuningdek, davlatimiz rahbariyati, qo‘mondonlik va xalq ishonchini oqlab, o‘z burchlarini sharaf bilan bajarishlariga ishontirdi.

 Navbatdagi harbiy unvon olgan safdoshlarimizni yana bir bor samimiy muborakbod etib, ularning kelgusi xizmatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!

 

Text to speech