Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan Toshkent shahrida ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, yashil hududlarni kengaytirish va aholiga xizmat koʻrsatish borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan chora-tadbirlarning amaliy ijrosi Shayxontohur tumanida Milliy gvardiya qoʻmondonligi rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan taʼminlanmoqda.

Poytaxtimizdagi tumanlarni har tomonlama rivojlantirish va islohotlar samaradorligini oshirish borasidagi vazifalar ijrosi taʼminlash yuzasidan Shayxontohur tumanida Milliy gvardiya, Investitsiyalar, Savdo va sanoat vazirligi va boshqa mutasaddi vazirlik va idoralardan tashkil topgan ishchi guruhlar tomonidan “mahallabay” va “fuqarobay” yo‘nalishda ishlar olib borilmoqda.

Tadbir davomida muammolarning hal etilishi, jumladan, issiqlik va ichimlik suvi, elektr tarmoqlari va gaz taʼminoti obyektlarining holatini yaxshilash, obodonlashtirish, jamoat tashkilotlarida ish unumdorligini oshirish uchun kompyuter va mebel jihozlari bilan taʼminlash, ko‘p qavatli uylardagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish kabi masalalar ko‘rib chiqildi. Hozirga qadar biriktirilgan har bir mutasaddi vazirlik va idoralarning vakillari mahallalarda bo‘lib, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganishmoqda va kerakli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Shayxontohur tumanidagi mazkur ishlarni muvofiqlashtirishga masʼul bo‘lgan Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik S.Mamayusupov tumandagi “Beltepa”, “Yangi Jarariq”, “Eski Jarariq”, “Huvaydo” MFY larga tashrif buyurib, hududdagi shart-sharoitlar o‘rganildi. Shuningdek, masʼullarga muammolarni qisqa muddatda bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Tadbir doirasida Navro‘z bog‘ida yoshlar uchun madaniy konsert dasturi va yoshi ulug‘lar uchun tibbiy ko‘rik tashkillashtirildi.

Maʼlumot uchun: ishchi guruh tumandagi 51 ta mahallada o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

Text to speech