Yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari va avtomashinalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarini oldini olish yuzasidan profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy uquv markazi shaxsiy tarkibi va tinglovchilari o‘rtasida yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishini taʼminlash, turli xildagi favqulodda holatlarning sodir etilishini oldini olish maqsadida Milliy gvardiya va Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi hamkorligida profilaktik davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbir davomida maʼruzachilar tomonidan yo‘l harakati qoidalariga so‘nggi kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, transport vositasida harakatlanish davomida alohida eʼtibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar yuzasidan to‘xtalib o‘tildi.
Shu bilan bir qatorda, qoidalarga rioya etmaslik,spirtli ichimlik isteʼmol qilgan xolda, transport vositasini boshqarish natijasida yuzaga kelgan yo‘l transport hodisalari yuzasidan videofilm namoyish etildi.