Besh muhim tashabbus doirasidagi tadbirlar o‘quvchi yoshlar ishtirokida davom ettirilmoqda
Uchtepa tumani 106-sonli umumtaʼlim maktabida "Besh muhim tashabbus" shiori ostida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida, Milliy Gvardiya Uchtepa tumani qo‘riqlash bo‘limi hamkorligida "Yangi O‘zbekiston yoshlari" shiori ostida marafon tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirga Milliy gvardiya harbiy orkestri o‘z chiqishlari bilan bayramona ruh bag‘ishladi. Shuningdek, rasmlar tanlovi va qo‘l mehnati ijod namunalari ko‘rgazmasi va shaxmat-shashka bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.