Ozarbayjon ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Ichki qo‘shinlar qo‘mondoni general-leytenant Shahin Mamedovning O‘zbekistonga tashrif buyurdi // Togʻ bagʻrida dam oluvchilarning masʼuliyati // Oʻzbekiston chempionati musobaqasiga tayyorgarlik davom ettirilmoqda //Toshkent viloyatidagi dam olish maskanlarida Milliy gvardiya, ichki ishlar hamda favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan fuqarolar xavfsizligi taʼminlanmoqda // Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalarning amaliy ijrosi yuzasidan respublikamiz bo‘ylab tarbiyasi og‘ir va ko‘makka muxtoj yoshlar bilan, huquqni muxofaza qilish organlari hamda mahalla yettiligi hamkorligidagi manzilli ishlar amalga oshirilmoqda // Milliy gvardiya tizimlarida muddatli harbiy xizmat o‘tash uchun chaqirtirilgan yurtimiz o‘g‘lonlari "Vatanga qasamyod" qabul qilishdi. Shu munosabat bilan respublikamiz bo‘ylab barcha harbiy qism va bo‘linmalarda yosh askarlar va ularning yaqinlari ishtirokidagi tantanali marosimlar bo‘lib o‘tdi //  “Qo‘riqlash” bosh boshqarmasining hududiy bo‘linmalari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarda ko‘chat ekish tadbirlari jadallik bilan davom ettirilmoqda // Tashvish tugmasi orqali kelib tushgan xabarga ko‘ra, Xorazm viloyati qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan bankomatni o‘marmoqchi bo‘lgan shaxs, voqea joyida qo‘lga olindi // Namanganda harbiy xizmatchi va xodimlar, ularning oila aʼzolari hamda keng jamoatchilik ishtirokida yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi // «Temurbeklar maktabi»: mardlik va vatanparvarlik maskani // Sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar to‘g‘risida maʼlumot olish uchun Telegram-bot ishga tushirildi / / 1354 yilda sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar to‘g‘risida hisobot / / Milliy gvardiya Ichki ishlar boshqarmasi bilan birgalikda sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklarni aniqlash bo‘yicha reydlar o‘tkazmoqda / / Toshkentda Open FC 35 aralash yakkakurashlar boʻyicha katta turnir boʻlib oʻtdi, unda Milliy gvardiya xodimi Azamat Nuftillayev chempionlik kamarini qoʻlga kiritdi / / "qalqon" jamoat guruhi ("qalqon") oʻz faoliyatini boshladi / / milliy gvardiya tizimidagi ayol harbiy xizmatchilar va xodimlar oʻrtasida "Toʻmaris izdosh" koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.) / / "Tarix mutaxassisi", "harbiy qoʻshiqning eng yaxshi ijrochisi"tanlovlarining respublika bosqichi yakunlandi, Harbiy xizmatchilar va Qurolli kuchlar xodimlari oʻrtasida" eng yaxshi yosh yozuvchi "va" eng yaxshi yosh shoir " / / "xalqlar doʻstligi" saroyida jamoat tartibini saqlash va fuqarolarning xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan qoʻshma oʻquv-taktik mashgʻulotlar oʻtkazildi / / Nukusda yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi / / “Xavfsiz mahalla-xavfsiz mamlakat!” profilaktik tadbirlari doirasidagi jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan hamkorlikdagi chora-tadbirlar davom etmoqda / / Jamoat xavfsizligi Universitetida kursantlar qasamyod qabul qildi / / Milliy gvardiya tizimida ustoz va murabbiylarga ehtirom ko‘rsatildi//Toshkent shahri va barcha viloyatlarda Milliy gvardiya va Huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligida “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda 

Ўз O'z Ру En

Respublikamiz bo‘ylab pirotexnika vositalari savdosiga qarshi hamkorlikdagi profilaktik tadbirlar davom etmoqda.

ANDIJON VILOYATI.

Andijon shahrida joylashgan "Ice Rink" muz maydoni yaqinida “Qo‘riqlash” bosh boshqarmasi va uning Andijon viloyati bo‘yicha bo‘linmasi xodimlari tomonidan noqonuniy pirotexnika vositalari sotayotgan farg‘onalik 19 yoshli N.A. qo‘lga olindi.

Xolislar ishtirokidagi tekshiruv vaqtida huquqbuzarning yonida 10 dona (har biri 10 o‘ram) “Britanik” va 8 dona “7-Shoots” nomli pirotexnika vositalari mavjudligi aniqlanib, musodara qilindi.

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

BUXORO VILOYATI.

Buxoro shahri Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlari, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idora vakillari tomonidan o‘tkazilgan qo‘shma tadbirlar davomida kuzatuv ostidagi 34 yoshli fuqaro B.J. yuk mashinasiga ortilgan pirotexnika vositalarini 83 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, shundan 50 ming AQSH dollarini qabul qilib olayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Tekshiruv jarayonida yuk mashinasi ichida 19 turdagi jami 7016 dona “Salyut” borligi aniqlandi.

Mazkur holat bo‘yicha Bojxona boshqarmasi Surishtiruv bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

FARG‘ONA VILOYATI.

Qo‘qon shahrida joylashgan Tibbiyot muassasasi yonida Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan noqonuniy “Britanik” nomli pirotexnika vositalarini sotayotgan 17 yoshli qiz qo‘lga olindi. Voqea joyida xodimlar tomonidan huquqbuzarning sumkasi tekshirilganda, uning ichida 5 dona (49 o‘ram) “Britanik” pirotexnika vositalari borligi maʼlum bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 185-1-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirildi.

Hurmatli yurtdoshlar!

Shuni eslatib o‘tamizki, pirotexnika mahsulotlari bilan noqonuniy savdo qilish O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 185-1-moddasi bo‘yicha ashyolar musodara qilinib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo‘natish, ulardan foydalanish, huddi shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish (O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki o‘tkazish ancha miqdorda yohud shunday harakatlar maʼmuriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 250-1-moddasiga asosan jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Text to speech