Profilaktik tadbirlar olib borilmoqda
Yurtimizda epidemiologik vaziyat yomonlashayotganligi sababli karantin choralari yanada kuchaytirildi. Namangan shahri bo‘ylab fuqarolar xavfsizligi yo‘lida xizmat jarayonini olib borayotgan Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari IIB xodimlari bilan hamkorlikda hali hamon yurtimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasi fuqarolarga xavf tug‘dirmasligi uchun tibbiy niqob taqib yurishlari bo‘yicha ogohlantirish ishlarini olib borishmoqda.
O‘tkazilgan reyd tadbirlari natijasida aksariyat aholining karantin talablariga loqaydlik bilan qarayotgani kuzatilmoqda. Fuqarolarning aytishlari bo‘yicha, niqob taqish kimnidir yodida, kimnidir esa yonida yo‘q!
Hurmatli yurtdoshlar, salomatligingiz biz va o‘zingiz uchun muhim, virusdan himoyalaning!