Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Tibbiyot muassasasidan dori mahsulotlarini yashirin ravishda olib chiqishga uringan fuqaro “Qo‘riqlash” xizmati xodimlari tomonidan to‘xtatib qolindi

Joriy yilning 15 iyun kuni soat taxminan 16:50 larda Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida xizmat olib borayotgan “Qo‘riqlash” bo‘limi xodimi tomonidan ushbu tibbiyot markazi dorixonasi mudiri fuqaro A.S. nazorat o‘tkazish punktida tekshirilgan.

Tekshirish jarayonida fuqaro o‘ziga tegishli bo‘lgan sumkada umumiy qiymati 1.350.241 (bir million uch yuz ellik ming ikki yuz qirq bir) so‘mlik 30 dona “Endoksan” nomli dori mahsulotlarini hech qanday hujjatlarsiz, noqonuniy ravishda olib chiqib ketayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 61-moddasi (Oz miqdorda talon-taroj qilish) bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, bayonnoma Chilonzor tuman sudiga yuborildi.

 

Text to speech