Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi Farmoni  / / Avval xabar berganimizdek, Davlatimiz rahbarining Ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari  yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayevning navbatdagi manzilli uchrashuvi parakamondan otish sportchilari bilan bo‘lib o‘tdi. // Respublikamiz bo‘ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar davom ettirilmoqda  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi / / 14 fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Milliy gvardiya faoliyatiga oid Qonun, qaror va farmoyishlar haqida / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlarining nazariy bilimlari Dual taʼlim asosida mustahkamlanmoqda / / Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga ekskursiya tashkil qilindi / / Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ylab Qaror talablari yuzasidan mahallalar, jamoat joylari va yashash xonadonlarida xavfsiz muhit yaratish maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasiga zamonaviy raqamli texnologiyalar va texnik vositalar keng joriy etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan, Umumtaʼlim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilarning taʼlim-tarbiyasi va ularni davomatini yaxshilash borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi hamda Milliy gvardiyaning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarni Qurolli kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risidagi Qarorni imzoladi / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari kursantlar safiga o‘qishga qabul qilish jarayoni boshlandi / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida Milliy gvardiya va "Mahalla yettiligi" hamkorligidagi profilaktik targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida xonadon va obyektlarni texnik qo‘riqlash vositalari bilan jihozlash va mahalla yettiligi bilan hamkorlikdagi profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi / / Milliy gvardiya tizimida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida bo‘lib o‘tgan ingliz tili viktorinasining g‘oliblari aniqlandi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilining davlat dasturi loyihasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi 

Ўз O'z Ру En

Psixologiya fanlarini о‘qitishda profayling usuli va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanilmoqda

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng kо‘lamli islohotlar doirasida aholining tinch va osoyishta hayotini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, jahonda kuchayib borayotgan turli xavf-xatar va ziddiyatlar, jamoat xavfsizligiga tahdidlar oshib borayotgan bugungi davr mazkur masalaning naqadar dolzarb ekanligini kо‘rsatmoqda. Yuqoridagi tahdid va xavf-xatarlarga qarshi tura olishda jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi mutaxassis-kadrlarning bilim, kо‘nikma va malakalari muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida kursant-tingovchilarning bilim, kо‘nikma va malakalarini rivojlantirishda jamoat xavfsizligiga tahdid va xavf-xatarlarning xususiyatlari inobatga olinmoqda. Xususan, “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” kafedrasi tomonidan bakalavr va magistratura bosqichi kursant-tinglovchilari uchun psixologiya fanlarini о‘qitishda profayling usulini qo‘llash hamda psixologik bilimlarni o‘zlashtirishda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Jamoat xavfsizligi universiteti “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” kafedrasi tomonidan Universitet Ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi bilan hamkorlikda Psixologiya fanlarini о‘qitishda profayling usuli va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish” mavzusida amaliy mahorat tashkil etildi. Mahorat darsida “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” kafedrasi professor-о‘qituvchilari, “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” bakalavr yо‘nalishi, “Tarbiyaviy-psixologik ta’minlashning qо‘mondonlik-shtab faoliyati” magistratura mutaxassisligi kursant-tinglovchilari ishtirok etishdi. Dastlab kursant-tinglovchilarga yolg‘onni aniqlashda qo‘llaniladigan yolg‘on detektori (poligraf) uskunasidan xizmat faoliyatida foydalanish hamda uning imkoniyatlari yuzasidan kо‘rgazmali-mahorat darsi о‘tkazilib, poligrafdan foydalanishda e’tibor qaratiladigan muhim jihatlarga alohida e’tibor qaratildi. Poligraf bu – test o‘tkazis vaqtida odam organizmining fiziologik holati haqida ma’lumot olish uchun mo‘ljallangan mahsus uskuna hisoblanadi. Uskunadan jinoyatchi va gumonlanuvchilarni so‘roq qilish, xizmat tekshiruvlarini o‘tkazishda, shuningdek, nomzodlarni saralash, tanlash, lavozimga qo‘yishda foydalanish xizmat faoliyatini samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Poligraf uskunasidan bugungi kunda dunyo va mamlakatimiz maxsus kuch tuzilmalarida keng foydalaniladi va uskunani ishlatishni muayyan talablari mavjud va ularga qat’iy amal qilish shaxs haqida olingan ma’lumotlarning ishonchliliga bevosita ta’sir kо‘rsatadi. Mahorat darsining ahamiyatli jihati shundaki, bugungi zamonaviy ta’lim standarlariga muvofiq kadrlarni kuchli bilim va ko‘nikma bilan birgalikda amaliy tajribalar bilan qurollanirish maqsadida aynan bo‘lajak ofitserlar(kursant-tinglovchi)larni poligrafda olingan ma’lumotlarni obyektiv psixologik tahlil qilishga o‘rgatishdan iborat bo‘lmoqda. Mahorat darsining keyingi qismida kursant-tinglovchilar bilan “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” kafedrasi professor-о‘qituvchilari tomonidan Psixologik profayling” va “Fanlarni o‘qitishda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish” mavzularida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi. Ma’lumki, bugungi kunda turli sohalarda sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish borasida shiddatli rivojlanish tendensiyalari kuzatilmoqda. Xususan, oliy ta’limda o‘quv jarayonlariga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish hamda undan foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni sun’iy intellekt texnologiyalaridan faol foydalanuvchi dunyoning yetakchi davlatlari qatoriga kirishiga erishish masalalariga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Bu borada, О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida ham ta’lim jarayoniga sun’iy intellekt texnologiyalarini keng qо‘llash borasida ishlar jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda. Xususan, Universitet “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” kafedrasi tomonidan mutaxassislik fanlarini о‘qitishda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish choralari kо‘rilmoqda. Sun’iy intellekt yordamida shaxs psixologik portretini yaratish, kognitiv xususiyatlarni о‘rganish, axborot-psixologik xavfsizlikni ta’minlash, psixologik xizmat kо‘rsatish sifatini oshirish, psixologik ma’lumotlarni tahlil qilish masalalari bunga misol sifatida kо‘rsatish mumkin. Mahorat darsining keying “Psixologik profayling” bosqichida “profayling” usulini jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘lajak ofitserlari xususan, psixolog mutaxassislar uchun zarurati, uni qo‘llash bo‘yicha jahon tajribasi va xizmat faoliyatidagi ahamiyati xususida so‘z bordi. Profayling bu– shaxsning tashqi koʻrinishi, noverbal, verbal va paraverbal hatti-harakatlariga ko‘ra, “hozir va shu yerda” tamoyili asosida amalga oshirilishi mimkin bo‘lgan jinoiy xatti-harakatlarni oldindan baholash imkoniyatini beruvchi usul hisoblanadi. Bunda xulqdagi eng koʻp axborot beruvchi maxsus belgilar, xususiyatlar tahlil qilinishi asosida shaxs xatti-harakatlarini baholash va bashorat qilish imkoniyati yuqori hisoblanadi. Mahorat darsining yakunlovchi qismida huquqbuzarlik yoki jinoyat sodir etishga shubhali shaxslarni aniqlashda profayling usulidan foydalanish masalalariga bag‘ishlangan amaliy mashg‘ulot tashkil etilib, kursant-tinglovchilar mazkur mavzu yuzasidan immitatsion harakatlarni bajarib kо‘rishdi. О‘tkazilgan mahorat darsi va amaliy mashg‘ulotlar kursant-tinglovchilarning psixologiya fanlarini о‘qitishda profayling usuli va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanishga doir ham nazariy, ham amaliy bilim, kо‘nik hamda malakalarining yanada oshishiga xizmat qilganligi bilan ahamiyatli bо‘ldi.

Text to speech