Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

MARDLAR HAYOT YO‘LI YoSHLARGA IBRAT

Joriy yilning 5 may kuni Jarqo‘rg‘on tumanidagi 19-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabida "Xotira abadiy" shiori ostida maʼdaniy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, mudofaa va xalq taʼlimi bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda faxriylar, o‘quvchilar va uyushmagan yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda so‘z olganlar, 9 may – Xotira va qadrlash kuni bilan yig‘ilganlarni tabriklab, yurt tinchligi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimiz, hozirda umrguzaronlik qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining hayot yo‘li yosh avlodga ibrat ekanligini alohida taʼkidlab o‘tishdi. Faxriylarni eʼzozlash, o‘tganlarni porloq xotirasini yod etish esa ezgu qadriyatlarimizdan biri ekanligi qayd etildi. Marosimda o‘quvchi yoshlar tomonidan sheʼrlar aytildi, kuy-qo‘shiq va raqslar ijro etildi, shuningdek ijro etilgan turli sahna ko‘rinishlari ayniqsa, harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali chiqishlarini ishtirokchilar katta qiziqish bilan tomosha qildilar.

Text to speech