QAHRAMONLARGA MUNOSIB AVLOD BO‘LAYLIK
Ajdodlarni xotiralash va keksalarni eʼzozlash milliyligimizga xos bo‘lgan ulug‘ qadriyatlardan biridir.
Keksa avlodga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, nuroniylar holidan xabar olish va ularni qo‘llab quvvatlash Milliy gvardiya xodimlari uchun yoshlarga namuna sifatidagi anʼanaga aylanib ulgurdi.
Xususan, Qashqadaryo viloyatida ham ushbu soha vakillari kuni kecha Koson tumanidagi Saripul MFY Zulfiya ko‘chasi, 13 uyda yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Islom ota Mamatkulov xolidan xabar olish maqsadida ushbu xonadonga tashrif burishdi.
Avlodlar uchrashuvi davomida Islom otaning salomatligi harbiy tibbiy yordam xodimlari tomonidan nazoratdan o‘tkazilib, oila aʼzolariga kerakli maslahatlar berildi.
Urush faxriysi Islom ota suronli urushda bo‘lgan voqealarni ko‘zida yosh bilan xotiralar ekan, yurtimizda tinchlik va osudalik hukm surayotganligi uchun shukronalar keltirdi.
Tashrif so‘ngida urush qahramoniga sovg‘a salomlar ulashilib, g‘alaba uchun minnatdorchilik izhor etildi.