Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

QAHRAMONLIK UNUTILMAYDI

Sirdaryo viloyati Sardoba qishlog‘ida texnogen talafotni bartaraf etish paytida Milliy Gvardiya harbiy xizmatchisi "Jasorat” medali sohibi Suyunov Xazrat Qaramatovich o‘z xizmat burchini bajarayotib halok bo‘lgan edi.

Uning nomini abadiylashtirish maqsadida mustaqilligimizning 30 yilligi bayrami hamda yangi o‘quv yili boshlanish arafasida Nurota tumani Chashma qishlog‘ining 10-sonli umumtaʼlim maktabida qahramon yigit sharafiga byusti o‘rnatildi.

Mazkur tadbir ochilish marosimida Navoiy viloyati hokimi Q.Tursunov, Milliy gvardiya Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarma boshlig‘i polkovnik B.Usmonov, tuman hokimi U.Xalilov shuningdek, viloyat va tuman mutasaddi korxona va tashkilot rahbarlari, qahramon yigit H.Suyunov oila aʼzolari hamda harbiy xizmatchilar ishtirok etishdi.

Marosimda so‘zga chiqqanlar marhum harbiy xizmatchining xizmat burchiga sodiqligi, ona vatanimiz va xalqimizga sadoqati yuraklarda abadiy qolishi haqida taʼkidlab o‘tishdi.

Mazkur byust tagiga gulchambarlar qo‘yilib, hurmat bajo keltirildi. Maktab hovlisida tashkil etilgan harbiy xizmatchilarning jangovar ko‘rgazmali chiqishlari va ayniqsa, Suyunovlar oilasi vakili tomonidan aytilgan sheʼrlar barchaga birdek manzur bo‘ldi.

Text to speech