QALBAKI AKSIZ MARKALI ALKOGOL MAHSULOTLARINI SOTAYOTGAN UDDABURON FOSH ETILDI
Xorazm viloyatida olingan xabarlar asosida viloyat Bojxona boshqarmasi, Milliy gvardiya va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tezkor tadbir davomida Urganch tumanida yashovchi fuqaro O.A. shartli xaridorga bir xil raqamli aksiz markalar bilan qadoqlangan, 0,45 litrlik hajmdagi jami 444 shishada umumiy qiymati 9,3 million so‘mlik aroq mahsulotlarini noqonuniy ravishda sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
O‘tkazilgan dastlabki surishtiruv harakatlari davomida alkogolli ichimliklardagi aksiz markalar rangli printerda tayyorlanib, qalbakilashtirilganligi maʼlum bo‘ldi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan fuqaro O.A ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 176–moddasi 1–qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.