Qashqadaryoda kuchaytirilgan reyd tadbirlari
Kuchaytirilgan karantin talablari yuzasidan profilaktik nazorat ishlari davom etmoqda.
Xususan, Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari hamda Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Respublika Maxsus komissiyasi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida reyd tadbirlari olib borilmoqda. Jamoat joylari, aholi gavjum hududlar, bozor atroflarida niqobsiz yurgan fuqarolar mas'ul xodimlar tomonidan ogohlantirib kelinmoqda. Ular bilan tushuntirish ishlari olib borilib, profilaktik tushunchalar berilmoqda.