Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Qashqadaryo viloyatida uloq-ko‘pkari musobaqasi o‘tkazildi

Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati bo‘yicha Qo‘riqlash boshqarmasi hamda Qarshi shahar hokimligi bilan hamkorlikda Chiroqchi tumanida uloq-ko‘pkari ot sporti musobaqasi tashkil etildi.

Dastavval, Shodiyor baxshi tomonidan kuylangan kuy-qo‘shiqlar, musobaqaga o‘zgacha xush kayfiyat olib kirdi. Mazkur musobaqa davomida mohir chavandozlar, bizga ajdodlardan-avlodlarga meros bo‘lib o‘tib kelayotgan milliy anʼanalarimiz bo‘lgan ot sportining yangi turlari bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyon etdilar.

Shiddatli va qizg‘in bellashuvlar ostida kechgan ushbu bellashuv barchaga birdek xush kayfiyat ulashib, ishtirokchi va tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

Bu kabi musobaqalarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, yurtimizda Qorabayir zotli otlarning turini ko‘paytirish hamda ushbu sport turini rivojlantirishdan iboratdir.

Bellashuv yakunida jasur va mard chavandozlar tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandi.

Text to speech