QIDIRUVDAGI SHAXS QO‘LGA OLINDI
O‘zbekiston Respublikasi JKning 184-moddasi 3-qismi hamda 189-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlangan, qidiruvdagi shaxs ushlandi.
Qo‘qon shahar IIO FMB TEQKB xodimlari va Farg‘ona viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor qidiruv ishlari davomida muqaddam sudlangan, gumonlanuvchi A.A. Qo‘qon shahar Charxiy ko‘chasida joylashgan xonadonlarning birida yashirinib yashab yurganligi aniqlanib, joriy yilning 6 aprel kuni tezkorlik bilan qo‘lga olindi.
Hozirda tergovga qadar surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.