Qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
Joriy yilning 15 yanvar kuni soat 21:20 larda “Magic City” bog‘i hududida jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlashga jalb qilingan Milliy gvardiya va Ichki ishlar xodimlari tomonidan qidiruvda bo‘lgan S.F. qo‘lga olindi va tegishli tartibda Chilonzor tumani IIO FMBga topshirildi.
Maʼlumot uchun, 28 yoshli S.F. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 128-moddasi 3-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganligi uchun Toshkent viloyati Chinoz tumani IIB tomonidan 2025 yil 18 mart kuni qidiruvga berilgan.