Qidiruvdagi shaxs gvardiyachilar tomonidan qo‘lga olindi
Joriy yilning 14 sentyabr kuni Shayxontohur tumani, “Eski juva dehqon” bozori hududida jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash uchun xizmatga jalb qilingan gvardiyachilar bozor hududidagi avtoturargohda shubhali ko‘ringan fuqaroni to‘xtatib, o‘rnatilgan tartibda shaxsiga aniqlik kiritilganda Toshkent viloyatida tug‘ilgan 39 yoshli Yu.A ekanligi va Qibray tumani, Prokuraturasi tomonidan, 2024 yildan buyon qidiruvda ekanligi maʼlum bo‘lgan.
Qidiruvdagi fuqaro belgilangan tartibda prokuratura organlariga topshirilgan. Holat yuzasidan tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.