QIDIRUVDAGI SHAXS USHLANDI
Bugun soat 15.30 da Toshkent shahar Bektemir tumani Qo‘yliq dehqon bozori hududida jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlashga jalb qilingan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari bozor hududida o‘g‘irlik sodir etayotgan shubhali shaxsni ko‘rib, tezkorlik bilan qo‘lga olishgan va Bektemir tumani IIOFMB 4-son IIBga topshirgan.
Dastlabki surishtiruv ishlari natijasida mazkur shaxs Qashqadaryo viloyatida yashovchi 22 yoshli fuqaro E.X. ekanligi va muqaddam 3 oy oldin Qarshi tuman IIB tomonidan qidiruvga eʼlon qilinganligi maʼlum bo‘lgan.