QIMORXONA FOSH QILINDI
Namangan viloyatida soha vakillaridan iborat hamkorlikdagi ishchi guruh tomonidan mahallalar kesimida amalga oshirayotgan ishlar natijasida fuqarolar murojaatlari o‘rganib chiqilib, yechimi yuzasidan aniq choralar ko‘rilmoqda.
Joriy yilning 15 fevral kuni murojaatga asosan Pop tumanida Milliy gvardiya va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan reyd tadbiri natijasida ushbu tumanda yashovchi 1979 y.t. fuqaro T.A. o‘zining qurilishi tugallanmagan xonadonida qimorxona tashkil qilganligi aniqlangan. Tadbir davomida ushbu fuqaro o‘zining tanishlari bo‘lgan fuqarolar Q.G‘. va O‘.S. larga “qimor” o‘ynash uchun sharoit yaratib, har bir o‘yindan 10 000 so‘mdan jami 80 000 so‘m pullarni olgan vaqtda xolislar ishtirokida qo‘lga olinib, daliliy ashyo sifatida o‘rtada bo‘lgan o‘yin kartalari, 1 770 000 so‘m va uy egasi A.T. dan 80 000 so‘m pullar olinib, bayonnoma rasmiylashtirldi.
Hozirda holat yuzasidan Pop tuman IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.