QIZG‘IN BAHSLARGA BOY BO‘LGAN MUSOBAQA
Milliy gvardiya “Dinamo” jismoniy tarbiya sport jamiyati Qashqadaryo viloyati kengashi tomonidan joriy yilning 18 mart kuni Huquqni muhofaza qiluvchi organlar shaxsiy tarkibi o‘rtasida sportning Qo‘l jangi turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Unda 6 ta jamoa tarkibida 80 nafardan ortiq sportchilar o‘zaro bellashdilar. Murosasiz va qizg‘in bahslarga boy bo‘lgan mazkur musobaqada, umumjamoa hisobida, 3-o‘rinni Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlariga qarashli harbiy qism jamoasi, 2-o‘rinni Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi jamoasi va faxrli 1-o‘rinni Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jamoasi qo‘lga kiritdi. O‘tkazilgan mazkur musobaqa yakuniga ko‘ra, o‘z vazn toifasida peshqadam bo‘lgan sportchi va jamoalar diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.