QO‘L JANGI TO‘GARAGI EZGU MAQSAD YO‘LIDA XIZMAT QILMOQDA
Milliy gvardiya Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan o‘quvchilar va uyushmagan yoshlarni sportga qiziqtirish, ular orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishni ko‘zda tutib joylarda tashkillashtirilgan sport seksiyalari muntazam ravishda sport ishqibozlari uchun faoliyat yuritmoqda.
Jumladan, Navoiy shahrida Milliy gvardiya maʼmuriy binosi sport zalida ham 50 nafardan ortiq ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari harbiy xizmatchi va xodimlarining farzandlari bilan bir qatorda sportning “Qo‘l jangi” turi bo‘yicha mashg‘ulotlarda ishtirok etishi yo‘lga qo‘yilgan. Zamonaviy jihozlangan, barcha qulayliklar yaratilgan mazkur dargohga qatnaydigan yoshlar Milliy gvardiya boshqarmasi tomonidan maxsus kiyim bosh va sport anjomlari bilan ham taʼminlanib, malakali sport ustalari qo‘l ostida kamol topmoqdalar.
Sport murabbiylari rahbarligi ostida to‘garakda faol ishtirok etib, muvaffaqiyatga erishayotgan yoshlar rag‘batlantirilib, faxriy yorliqlar bilan taqdirlanmoqdalar.