Qo‘qonda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan bir kunda tarkibida psixotrop moddalar bo‘lgan giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq ikkita holat aniqlandi.
22 iyul kuni Qo‘qon shahrida Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan ichki ishlar organlari xodimlari bilan hamkorlikda tezkor-profilaktika tadbirlari o‘tkazish chog‘ida erkin sotilishi taqiqlangan kuchli taʼsir ko‘rsatadigan dori vositalarining noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq ikkita holat aniqlandi.
Jumladan, “Parpashabof” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 55 yoshli T.A. dan 10 dona “Tropikamid”, “Zilol” MFY da yashovchi 33 yoshli J.O. dan esa 140 dan ortiq “Tropikamid” va 550 donadan ortiq “Regapen” va 280 donadan “Gerik” aniqlandi va olib qo‘yildi.
Mazkur holatlar yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.