Qo‘qonda o‘g‘rilik jinoyatini sodir qilgani uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
Qo‘qon shahar IIB xodimlari va Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan o‘tkazilgan hamkorlikdagi tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida 32 yoshli K.K. qo‘lga olindi. Fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169- modda (“O‘g‘irlik”) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan va javobgarlikdan qochish uchun yashirinib yurgan. Ayblanuvchi qidiruvga berilgan hamda sud tomonidan unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tayinlangan. Qo‘lga olingan shaxs tergov harakatlari o‘tkazish uchun ichki ishlar organlariga topshirilgan.