QO‘QON SHAHRIGA OLIB KIRILAYOTGAN 1 KG “GASHISH” GIYOXVANDLIK MODDASI ANIQLANDI
Joriy yilning 15 mart kuni Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar IIB ga kelib tushgan maʼlumot yuzasidan Milliy gvardiya, DXX xamda Qo‘qon shahar IIO FMB JKB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Qo‘qon shahar prokurorining “kompleks tezkor-kidiruv tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘tkazilgan ushbu tadbir davomida Uchko'prik tumani Begobod qishlog‘i hududidan Qo‘qon shahriga kirib kelayotgan davlat raqami 95 F 089 BA bo‘lgan oq rangli Lasetti avtomashinasi to‘xtatilib o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirilganda haydovchi Qo‘qon shahrida yashovchi 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro U.B. va 1976 yilda tug‘ilgan fuqaro D.S. lar 1 kg “Gashish” giyohvandlik moddasi olib kirib kelayotganligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIB mas'ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.