QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI BO‘YICHA MILLIY GVARDIYA BOSHQARMASI BOSHLIG‘I KUBOGI G‘OLIBLARI ANIQLANDI
Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni sportga qiziqtirish bo‘yicha tegishli tashkilotlar tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, kuni kecha uyushmagan yoshlar va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari o‘rtasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi boshlig‘i Kubogi uchun sportning “triatlon” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Belgilangan masofaga suzish, yugurish va velosiped haydash shartlarini epchillik bilan bajargan ishtirokchilar faxrli o‘rinlarga munosib deb topildi.
Tadbir yakunida Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi boshlig‘i so‘zga chiqib, g‘oliblarni erishgan yutuqlari bilan tabrikladi.
Sport musobaqasi ishtirokchilari munosib taqdirlandi.