“Qoʻriqlash” boʻlimi xodimlari tomonidan oʻgʻirlikda gumonlanuvchi shaxs qoʻlga olindi
Guliston shahar “Qo‘riqlash” bo‘limiga Haydar massivida o‘rnatilgan “Agrobank” ATBga tegishli bo‘lgan bankomatdan “tashvish” xabari kelib tushgan. Voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan xodimlar tomonidan nomaʼlum shaxs bankomatni ochishga uringan vaqtda qo‘lga olingan.
Dastlabki surishtiruv natijasida fuqaro muqaddam O‘z.Res. JKning 169-moddasi bilan sudlangan, sirdaryolik N.F ekanligi aniqlangan.
Maʼlumot uchun: fuqaro N.F joriy yilning mart oyida ozodlikka chiqqan.
Mazkur holat bo‘yicha tergov harakatlari Mirzaobod tumani IIB tomonidan olib borilmoqda.